TURKMANISTON-XUROSON TOGʻLARI

TURKMANISTON-XUROSON TOGʻLARI — Eronnint shim. sharkiy va Turkmanistonning jan. qismidagi togʻlar, gʻarbda Elburs va sharqda Paropamiz toglari oraligida. Uz. 600 km dan ziyod, eni 250 km. Bal. 1500—2500 m, eng baland joyi 3314 m (Kengzoshk choʻqqisi). Atrek va Koshafrud daryolarining boʻylama choʻzilgan vodiy va soyliklari T,X. t. ni Kopetdogʻ va Nishopur togʻlarita boʻlib yuborgan. Jan. da Alp geosinklinal oblastining shim. chekkasini tashkil etadi. T. X. t. OlatogʻBinalud megantiklinoriysi, KuchanMashhad pliotsenantropogenning yotqiziklar qoplagan bukilmasi va Kopetdogʻ megantiklinoriysi mavjud boʻlgan yoysimon palaxsaliburmali sistemasidan iborat. Alpgacha boʻlgan asosi tokembriyning geosinklinal metamorfik jinslaridan, paleozoyning subplatforma va yuqori paleozoyning effuzivchoʻkindi formatsiyalaridan tuzilgan. Turkmaniston-Xuroson Togʻlari seysmik faol zonada. Foydali qazilmalardan toshkoʻmir, polimetall rudalar, qurilish materiallari, togʻ etaklarida gaz konlari topilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x