Tunda yaxshi uxlash to‘g‘ri nonushta qilishga bog‘liq

DO`STLARGA ULASHING:

Uyqu muammolari bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar kechasi yaxshi uxlash uchun ertalab to‘g‘ri ovqatlanish kerakligini aytishmoqda. Buning uchun uyg‘ongandan so‘ng yarim soat o‘tib sakkizta bodom, yong‘oq va ikkita xurmo yeyish kerak.

Mutaxassislardan biri shunday ma’lumot beradi: bir nechtagina yong‘oq va quruq mevalar organizmni kerakli miqdordagi oqsil, yog‘ va uglevod bilan taminlaydi. Natijada moddalar almashinuvi faollashadi va qondagi shakar miqdori turg‘unlashadi. Yuqorida aytilgan tartibdagi nonushta kechga borib tanada melatonin moddasi ishlab chiqarilishiga sabab bo‘ladi.

Bu gormon bardam-uyqu sikllarining muntazamligini boshqaradi. Uyqu mustaxkamligini ta’minlash bilan birga, to‘g‘ri nonushta moddalar almashinuvini 10 foizga tezlashtirib, vazn tashlashga ham yordam beradi. Tartibsiz ovqatlanish esa uyqu sifatiga salbiy ta’sir qiluvchi stress gormonlarini ishlab chiqaradi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

soglom.uz/tavsiya/tungi-uyquning-sifati-togri-nonushta-qilishga-bogliq/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x