TUBA

TUBA (lot. tuba — kuvur) — 1) dastlab Kdd. Rim musiqa sozi, truba. Harbiy va diniy marosimlarda keng qoʻllanilgan. Olimlar fikriga koʻra, Ossuriya, Qad. Misr sozla__ ridan kelib chiqqan;

2) hozirda eng yoʻgʻon tovushli (past registrli) mis puflama musiqa cholgʻu asbobi. Qayrilgan silindr va konussimon trubalardan yasalgan, mundshtuk, ventil mexanizmi bilan jihozlangan. 1835-y. da Moris Tuba. va Vinrext nemis ustalari tomonidan kashf etilgan. Diapazoni A, (lya kontroktava) — as1 (birinchi oktava lya bemol) yoki Ye, (mi kontroktava) — f (birinchi oktava fa). Tovushi juda kuchli va toʻla. Ayni paytda, sekin chalganda yumshoq tembrga ega. Oʻzbekistonda Tuba ijrochiligida T. Fozilov, J. Saburovlar tanilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x