TROMBOTSITLAR

TROMBOTSITLAR (yun. thrombos laxta va kytos — hujayra) — qondagi shaklli elementlardan biri. Trombotsitlar diametri 2—5 mkm keladigan tanachalar boʻlib, ular qon plastinkalari deb ataladi. 1 kub ml qonda 180—320 ming T. boʻladi. Ular koʻmiqda ishlanib chiqadi. Qon plastinkalari osonlik bilan yemiriladi va qonning ivishida ishtirok etadi. Qon tomirlar jarohatlanganda Trombotsitlar xuddi shu joyga toʻplanadi va oʻzaro birikib, qonni quyultiradigan maxsus modda ajratadi; natijada laxta qon (tromb) hosil boʻladi va qon oqishi toʻxtaydi. Qon ketgandan, operatsiyadan keyin organizmning himoya reaksiyasi sifatida qonda Trombotsitlar soni ortadi (trombotsitoz). Baʼzan Trombotsitlarning ortishi yurak boʻshliklarida va qon tomirlarda tromb hosil boʻlishiga olib kelishi mumkin; bundam holat koʻproq venalarning varikoz kengayishi yoki ularning yalligʻlanishida kuzatiladi (q. Tromboflebit). T. soni kamayishi ham mumkin (trombotsitopeniya), mas., ayrim dorilarga nisbatan sezuvchanlik yuqori boʻlganda, baʼzi kimyoviy moddalardan zaharlanganda Trombotsitlarning koʻplab yemirilishi kuzatiladi, bunda salga qon oqaveradi. Trombotsitlarning kamayishi fiziologik boʻlishi ham mumkin, mas., kishi uxlaganda, ovqatdan keyin, hayz koʻrganda Trombotsitlar kamayadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x