TRISTANDAKUNYA

TRISTANDAKUNYA — Atlantika okeanining jan. qismidagi 4 vulkan orolidan iborat orollar guruhi. Buyuk Britaniya mulki. Eng katta oroli — Tristan (mayd. 117 km2) vulkan konusidan iborat boʻlib, bazalt va traxit yotqiziqlaridan tuzilgan. Bal. 2060 m gacha. 1961—62 y. larda kuchli otilgan. Aholi baliq ovlash bilan shugʻullanadi. Asosiy aholi punkti — Edinburg. Orolga yevropaliklardan birinchi boʻlib 1506-y. da portugaliyalik dengizchi sayyoh Tristan da Kunya borgan. Orollar uning nomi bilan atalgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x