TRINITROTOLUOL

TRINITROTOLUOL, trotil, tol, S7N5 O6N3 — portlovchi modda; rangsiz, lekin saklanganda sargʻayadigan kristall. Mol. m. 227,13. Aseton va benzolda yaxshi, suvda oz eriydi; suyuqlanish trasi 80,85°, zichligi 1641 kg/m3 (25° da).

Kimyoviy barqaror, uzoq vaqt mobaynida parchalanmaydi va portlash xususiyatini yoʻqotmaydi. Portlaganda koʻp miqdorda zaharli uglerod (II)oksid (SO) hosil boʻladi. Trinitrotoluol toluolni nitrat va sulfat kislota aralashmasi bilan nitrolab hosil qilinadi. Trinitrotoluol oʻqdorilarda va portlatish ishlarida qoʻllanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x