TRAVMATOLOGIYA VA ORTOPEDIYA INSTITUTI

TRAVMATOLOGIYA VA ORTOPEDIYA INSTITUTI, Oʻzbekiston travmatologiya va ortopediya ilmiy tadqiqot instituti — Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligiga qarashli i. t. muassasasi. 1932-y. da Toshkent sh. da Ortopediya, travmatologiya va suyak sili i. t. instituti ochilib urush davrida yopilgan edi. 1946-y. da hoz. nomda qaytadan tashkil etilgan.

Intning 200 oʻrinli kasalxonasida 8 klinik (kattalar va bolalar oʻtkir jarohatlari, kompressiondistraksion osteosintez, kattalar, oʻsmirlar va bolalar ortopediyasi, vertebrologiya, anesteziologiya va reanimatsiya) va 3 ilmiy boʻlim, 9 lab., klinik ordinatura, ilmiy kutubxona, travmatologik tez yordam punkti va b. bor (2004). Int xodimlari kattalar va bolalarda suyak chiqishlarini joyiga solish, singan suyak boʻlaklarini ulash (osteosintez qilish), jarohatlangan paylar va muskullarni tiklash, shuningdek, yirik boʻgʻimlarning degenerativdistrofik kasalliklari, suyak kaltaligi va qiyshiqligi, umurtqa jarohatlari va kasalliklari, bolalarda uchraydigan tugma kasalliklarni davolash ustida ish olib boradi. Int faoliyati M. S. Astrov, I. I. Orlov, O. Sh. Shokirov, N. M. Shomatov va b. olimlar nomi bilan bogʻliq.

Mustaqillik yillarida intda yirik boʻgʻimlarni endoprotezlash, tizza boʻgʻimi artroskopiyasi, umurtqaning rekonstruksiyasi va transpedikulyar fiksatsiyasi, sterjenli osteosintez kabi eng zamonaviy davolash usullari, kompyuterli va magnitrezonansli tomografiya, ultratovush tekshiruvi singari noyob diagnostika usullari keng tatbiq qilindi. Shuningdek, ogʻir jarohatlarda bemor gomeostazidagi oʻzgarishlar, osteoporoz va qariyalarda suyak moʻrtligi muammosi boʻyicha fundamental tadqiqrtlar oʻtkazildi, yirik boʻgʻimlar artrozi va revmatoid artritni ortopedik davolash, umurtqa nostabilligini toʻgʻrilash, bolalarda son suyagining tugʻma va patologik chiqishlarida rekonstruktiv operatsiyalar, suyaklar deformatsiyasini toʻgʻrilash, kalta suyaklarni choʻzish, son suyagi proksimal qismining, uzun suyaklar diafizining, bolalar tirsak boʻgʻimining jarohatlarida stabilfunksional osteosintez qilish kabi dolzarb mavzularda i. t. lar oʻtkaziladi.

Intning konsultativ poliklinikasida suyakboʻgʻimlar jarohatlari va kasalliklari boʻyicha tibbiy maslahat yordami koʻrsatiladi. Rentgenologiya, klinikbiokimyo, elektrofiziologiya va biomexanika lab. lari zamonaviy asbobuskunalar bilan jihozlangan. Intning metodiktashkiliy boʻlimi Oʻzbekistonda travmatologiya va ortopediya xizmatining holatini doimiy monitoring qiladi va takomillashtirish yoʻllarini ishlab chiqadi.

Intda 70 dan ortiq malakali travmatologortoped olimlar, shu jumladan, 10 fan dri va prof., 30 fan nomzodi xizmat qiladi (2004). Int ilmiy toʻplam, monografiya, qoʻllanma va ommabop risolalar nashr etadi, ilmiy anjumanlar va amaliy seminarlar uyushtiradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x