TRANSURAN ELEMENTLAR

TRANSURAN ELEMENTLARMendeleyev davriy sistemasitsa uransan soʻng joylashgan (at. raqami Z>93 boʻlgan) kimyoviy elementlar. T. e. nisbatan tez radioaktiv parchalanishi tufayli Yer poʻstida aytarli mikdorda saklanib qolmagan. Yerning yoshi 510ʻ y. ga yaqin, eng uzoq yashovchi Transuran elementlar izotoplarining yarim yemirilish davri esa 107-y. dan kichik. Yer kurrasi paydo boʻlganidan boshlab nukleosintez jarayonida hosil boʻlgan. Transuran elementlar yo butunlay parchalanib bitgan yoki ular mikdori keskin kamayib (1012-martagacha) ketgan. Eng uzoq mavjud boʻluvchi Transuran elementlardan hisoblangan plutoniy (244Ri)ning tabiiy minerallarida nihoyatda kichik mikdori topilgan. Balki u Yer kurrasi paydo boʻlgan paytdan boshlab saqlanib qolgandir. Uran rudalarida neptuniy (237Np) va plutoniy (239Ri) yuqlari topilgan.

Dastlabki Transuran elementlar 20-a. ning 40-y. larida AQSH da E. Makmillan va G. Siborg boshchiligida bir guruh olimlar tomonidan sintezlab topilgan. Transuran elementlar nishonni neytron oqimi yoki zaryadlangan zarrachalar bilan nurlatish yoʻli bilan olinadi. Agar nishon sifatida uran U ishlatilsa, kuchli neytron oqimi yordamida (FmZq100) gacha boʻlgan barcha Transuran elementlarni olish mumkin. Zq101 (mendeleyeviy) elementi 1955-y. da 99Es (eynshteyniy) elementini tezkor azarrachalar bilan nurlatib kashf qilindi. Z>101 boʻlgan elementlar zaryadlangan zarrachalar tezlatkichida [Birlashgan yadro tadqiqotlari inti siklotroni (OIYAI; Dubna, Rossiya) va ogʻir ionlar chizikli tezlatkichi «Xaylak» (Berkli, AQSH)]da olindi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x