TOSHLOQ TUNGUSKA

TOSHLOQ TUNGUSKA (Yuqori qismida — Katanga) , Podkamennaya Tunguska, Chulakan, Oʻrta Tunguska — RF, Krasnoyarsk oʻlkasi va Irkutsk viloyatidagi daryo. Yeniseyning oʻng irmogʻi. Uz. 1865 km, havzasining mayd. 240 ming km2. Angara togʻ kryajidan boshlanadi. Yuqori oqimida vodiysi keng, quyi oqimida tor, oʻzanida bir qancha sayozlik va ostonalar uchraydi. Kor, yomgʻir va yer osti suvlaridan toʻyinadi. Okt. oxirida muzlab, may oyi oʻrtalarida muzdan boʻshaydi. Oʻrtacha suv sarfi quyilish joyida 1750 m3/ sek. Asosiy irmoklari: oʻngda — Tetere, Chunya; chapda — Kamo, Velmo, 1146 km masofada kema qatnaydi. Toshloq tunguska boʻyida Vanavara, Baykit, Podkamennaya Tunguska aholi punktlari joylashgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x