Toshkent to‘g‘risida ba’zi ma’lumotlar


Post Views:
821

1867 yil 11 iyul – Rossiya imperatori Aleksandr II ning Farmoniga binoan Yettisuv va Sirdaryo viloyatlaridan iborat Turkiston general-gubernatorligi tashkil etildi va Yettisuv va Sirdaryo viloyatlarini boshqarish to‘g‘risidagi Nizom asosida Toshkent shahar boshqarmasi tuzildi.

Ushbu Farmonga ko‘ra, Toshkent shahri Turkiston general-gubernatorligining poytaxti va Sirdaryo viloyatining markazi deb yuritildi.

1917 yil 28 mart – Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi tarkibida, ya’ni Toshkent shahrida Yangishahar va Eskishahar rayonlari (ma’muriy-hududiy birliklari) tashkil etildi.

1918 yil 30 aprel – RSFSR tarkibida Turkiston ASSR tashkil etilib, uning poytaxti Toshkent shahri deb belgilandi.

1924 yil 27 oktyabr – SSSR Muvaqqat Inqilobiy qo‘mitaning II sessiyasi qaroriga asosan O‘zSSR tashkil etilib, uning poytaxti Toshkent shahri deb belgilandi.

1924 yil 22 noyabr – Muvaqqat Inqilobiy qo‘mita respublika poytaxtini Samarqand shahriga ko‘chirishga qaror qildi.

1925 yil 11 fevral – O‘zbekistonga tashrif buyurgan SSSR MIQ raisi M.I.Kalinin tomonidan Samarqand shahrining Registon maydonida O‘zbekiston Respublikasi poytaxti Samarqand shahri deb e’lon qilindi.

1930 yil 17 avgust – O‘zSSR Markaziy Ijroiya komitetining «O‘zSSR poytaxtini Samarqand shahridan Toshkent shahriga ko‘chirish to‘g‘risida»gi 155-sonli qarori qabul qilindi.

1991 yil 31 avgust – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari VI sessiyasida O‘zbekistonning davlat Mustaqilligi e’lon qilindi. O‘zbekiston SSR – O‘zbekiston Respublikasi deb qayta nomlandi va uning poytaxti Toshkent shahri deb belgilandi.

Ergash Ismatullayev

https://shosh.uz/uz/toshkent-to-g-risida-ba-zi-ma-lumotlar/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x