TOSHKENT LOKBOʻYOQ ZAVODI AKSIYADORLIK JAMIYATI

«TOSHKENT LOKBOʻYOQ ZAVODI» AKSIYADORLIK JAMIYATIkimyo sanoati korxonasi. Sanoat va qurilish, qishloq xoʻjaligi. mashinasozligi, mebel, parket va b. uchun lokboʻyoq mahsulotlari, loklar, boʻyoqlar, pigmentlar, quruq pyx oq boʻyogʻi va b. ishlab chiqaradi. 1945-y. da mineral xom ashyoni qayta ishlaydigan artel negizida tashkil etilgan. 1948-y. dan zdning yangi binosi kurila boshlagan. 1950-y. da smola quyultirish sexi, 1953-y. da emal va quyultirilgan smolaga aralashtirilgan boʻyoq, 1962 yda quruq pyx belilasi, 1965-y. da suvemulsiya boʻyogʻi, 1968-y. da sariq temir oksidli pigment ishlab chiqaruvchi sexlar ishga tushirildi. 1965-y. da zdning ishlab chiqarish quvvati 40 ming t ga yetdi.

1999-y. dan «Toshkent lokboʻyoq zavodi» ochiq aksiyadorlik jamiyati. Ustav fondidagi xorijiy investorlar ulushi 33%ni tashkil etadi. 3dda asosiy 5 ta sexda — kondensatsiya qilingan qatrondan lok tayyorlash sexi, metall idishlar tayyorlash sexi, xalk isteʼmoli mollarini ishlab chiqarish. sexi, sirbuyok va qotiruvchi moddalar ishlab chiqarish. sexi, temir oksidi (rang beruvchi) va quruq pyx oq boʻyogʻini i. ch. sexlari faoliyat koʻrsatadi.

Korxonada 2000-y. dan boshlab Fargʻona yogʻmoy kti ishlab chiqaradigan glitserin asosidagi lok va sirboʻyoqning yangi xillari oʻzlashtirildi; «Navoiyazot» korxonasida ishlab chiqariladigan akril emulsiyasi asosida suvlidispersiya boʻyoqlarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. 3dda soya va paxta yogʻi asosida «oksal» alifmoyini ishlab chiqarish texnologiyasi ishlab chiqildi. Temir kuporosi eritmasini i. ch. boʻyicha yangi texnologiya, shuningdek, mahalliy xom ashyo turlari — yogʻ kislotalari, boʻr, oxradan foydalanib, lokboʻyoq mahsulotlarini ishlab chiqarish. ning yangi texnologiyalari ishlab chiqildi. Mahsuloti chet ellarga eksport qilinadi. OʻzbekistonRossiya «OXIDE» qoʻshma korxonasi tashkil etilgan (2003). Rossiya (Omsk, Ufa)da korxonaning savdo uylari ochilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x