TOSHKENT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

TOSHKENT IQTISODIYOT UNIVERSITETI — yirik oliy oʻquv yurti. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tarkibida. 1931-y. 13 avg. da Oʻrta Osiyo moliyaiqtisod inti tashkil etilgan, keyinchalik Toshkent moliya iktisodiyot intiga aylantirildi, bu int 1962—91 y. larda Toshkent xalq xoʻjaligi inti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-y. 19-iyundan iktisodiyot unti. Untda iktisodiyot va statistika; buxgalteriya hisobi va audit; tijorat; menejment, informatika va iktisodiy taʼlim pedagogikasi; xalqaro iktisodiy munosabatlar; xalqaro biznes; xalqaro turizm ftlari, 46 ta kafedra bor. Unt qoshida Iqtisodiyot, biznes, malaka oshirish va xodimlarni qayta tayyorlash inti, Kelajak ilmi eksperimental xalqaro biznes maktabi, iqtisodiyot kasb kolleji, Respublika iqtisodiyot akademik litseyi, iqtisodiy gimnaziya, qimmatbaho qogʻozlar bozori mutaxassislarini tayyorlash markazi, ixtisoslashtirilgan oliy biznes maktabi, hisob va audit resurs markazi, texnomarket, biznes inkubatori, kutubxona (800 ming asar), unt tarixi muzeyi faoliyat olib boradi. Untda iktisodiyot (xalq xoʻjaligi tarmoqlari boʻyicha), menejment, marketing, kasbiy taʼlim, informatika va axborotlar texnologiyasi, jahon iqtisodiyoti va xalqaro iktisodiy munosabatlar, bank ishi, buxgalteriya xisobi va audit, moliya, soliklar va soliqqa tortish, biznes, bojxona ishi, turizm, servis (turizm), statistika yoʻnalishlari boʻyicha bakalavrlar hamda 24 mutaxassislik boʻyicha magistrlar tayyorlanadi. 2003/04 oʻquv yilida untda 7804 talaba oʻqidi, 535 prof. oʻqituvchilar, shu jumladan 54 fan dri va 218 fan nomzodi va dos. lar ishladi.

Unt faoliyati I. I. Iskandarov, M. Sh. Sharifxujayev, S. S. Gʻutomov. V. V. Kim, M. M. Qoriyev, E. A. Akromov, III Sh. Shodmonov, A. U. Oʻlmasov, A. E. Ishmuhamedov va b. olimlar nomlari bilan bogʻliq.

Unt dunyoning rivojlangan mamlakatlaridagi yetakchi unt va ilmiy markazlari bilan xalqaro aloqalar oʻrnatgan. 1991—2003-y. larda untda 100 dan ortiq xorijlik talabalar tahsil oldi, 500 dan ortiq xorijlik prof. oʻqituvchilar ishladi. Unt AKD1, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Malayziya, Vengriya, Koreya, Yaponiya, Niderlandiya, Belgiya, Rossiya, Qozogʻiston, Ukrainadagi 50 ga yaqin nufuzli untlar, intlar, ilmiy maktablar bilan aloqalarga ega. Darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari, ilmiy ishlar tugshamlari, «Iktisodiyot va taʼlim» jurnalini nashr etadi.

Saidahror Gʻulomov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x