Tohir Mahkamov — Aziz yorim

Qaldirg`ochning qanotiga dardim yozib,
Ayriliqning qo`shig`ini to`yib aytdim. (x2)
Armonlaring yuragimga bosib-bosib,
Aziz yorim, to`yingizdan yig`lab qaytdim. (x2)

Bu dunyoning g`amlarini to`plab-to`plab,
Hijron dardi yana menga yuzin tutdi. (x2)
O`tgan visol damlarini izlab-izlab,
Aziz yorim, to`yingizdan yig`lab qaytdim. (x2)

Ne qilayin, chorasizman bag`rim tig`lab,
Alamlarim, sitamlarim ichga yutdim. (x2)
Sizga dildan shirin-shirin baxtlar tilab,
Aziz yorim, to`yingizdan yig`lab qaytdim. (x2)

Hey, aziz yorim, to`yingizdan yig`lab qaytdim. {x2}

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x