Tohir Mahkamov — Almashaman

Bisotimni bog`da bir halol
Kapalakka almashaman men.
Hayotimni ko`kdagi zilol
Kamalakka almashaman men. (x2)

Yog`dularga ko`milgan shahar,
Devorlari yelkamni chaqar. (x2)
Uyim qasr bo`lsa ham agar,
Guvalakka almashaman men. (x2)

Xushomadni suymaydi jinim,
Menga havas qilmagin, inim. (x2)
Shuhratimni totli bir tilim
Handalakka almashaman men.

Qo`shiqlarim bo`lib ovoza,
Elda mashhur emishman toza.
Kuylab topgan baxtim bir kosa
Sumalakka almashaman men. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x