TITANIK

«TITANIK» («Titanic») — 20-a. boshidagi eng katta yoʻlovchilar kemasi. Buyuk Britaniyada 1911-y. qurilgan. Sautgempton sh. (Buyuk Britaniya) dan NyuYork sh. (AQSH)ga birinchi suzishidayoq (1912-y., aprel) aysberg bilan toʻqnashib choʻkib ketgan. Turli maʼlumotlarga koʻra, halok boʻlganlar soni 1400 dan 1517 gacha kishini tashkil etgan (kema bortida jami 2200 kishi boʻlgan). «Titanik»ning halokati 20-a. dagi eng yirik va mudhish dengiz falokatlaridan biri hisoblanadi. 1985-y. Amerika-Fransiya ekspeditsiyasi choʻkkan «Titanik» qoldiqlarini Nyufaundlend orolining jan. sharq tomonidan 800 km nariroqda topgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x