TISHSIZ KITLAR, moʻylovli kitlar (Mysticeti) — kitlar kenja turkumi. Tishlari tugʻilmasdan oldin yoʻqolib ketadi (nomi ham shundan). Ular oʻrnida yuqorigi jagʻlarda «kit moʻylovi» deb atalgan uzun (20—450 sm li) shoxeimon plastinkalar (360 — 800 ta) rivojlanadi. Plastinkalardagi qillar oʻzaro tutashib, sizdiruvchi toʻr apparat (elak) hosil qiladi. Oziq (mayda umurtqasizlar, plankton organizmlar, mayda baliqlar va b.) shu toʻrdan sizilib oʻtadi. Tumshugʻi ustida burun teshigi joylashgan. Boshi simmetrik tuzilgan, uzun tumshuq (rostrum) hosil qiladi. Pastki jagʻlar bosh qutisidan uzunroq, yon tomonlari bukilib, yuqori jagʻlarni oʻrab oladi. Tishsiz kitlar hozirgi sut emizuvchilarning yirigi (mas., koʻk kitning uz. 33 m, ogʻirligi 160 t gacha). Tishsiz kitlar 3 oila (silliq kitlar, yoʻlyoʻl kitlar, boʻz kitlar) 10—11 turga ajratiladi. Okeanlarda keng tarqalgan, tropik okeanlarda, odatda, uchramaydi. Muntazam migratsiya qilib turadi. Koʻpchilik Tishsiz kitlar 3—5 ta hayvonlardan iborat kichik tuda boʻlib yashaydi. Tishsiz kitlarga grenlandiya kiti, janub kiti, boʻz kit, bukri kit, finval, seyval, koʻk kit va b. kiradi. Koʻplab ovlash natijasida (yogʻi, moʻylovi sanoatda ishlatiladi) Shim. Atlantikada Tishsiz kitlar deyarli qolmagan. Hoz. Tinch okean va Jan. yarim shardagi dengizlarda uchraydi. 1957-y. dan Grenlandiya kiti, janub kiti va boʻz kitlar, 1967-y. dan esa koʻk kitni ovlash man etilgan. 5 turi Tabiatni muhrfaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil kitobiga kiritilgan.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Войти через
авторизуйтесь
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен
Войти через
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен
0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии