TILLA KAMPIR

TILLA KAMPIR (18-a. ning oxiri — Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumani Qoʻrgʻon qishlogʻi — 19-a. ning 1yarmi) — oʻzbek dostonchishoirasi, Ergash shoirning otasi Jumanbulbulning momosi. Asarlari yozib olinmagan. U haqida ayrim nakdlar, asarlaridan baʼzi parchalar bizgacha yetib kelgan. Aytishlaricha, Tilla kampir «Oysuluv» dostonini yuksak sanʼatkorlik bilan kuylagan. Bir naklga koʻra, shoira yosh vaqtida eri oʻlgan, qoʻlida yosh bolasi qolgan. Xuddi shu vaqtda uning koʻliga kuydirgi yarasi chiqqan. Shunda shoira shunday kuylagan ekan: Kuydirgi meni kuydirdi, Koʻzimning yoshin quydirdi, Qaddimni yoyday eydirdi, Eli-xalqimni jiydirdi, Koʻkdan kiyim kiydirdi.

Jumanbulbul oʻgʻli Ergashga shunday degan ekan: «Biz bilmay qolibmiz, qishlogʻimizda ikki chechan kampir bor ekan, oʻlib ketdi. Ulardan soʻzni oʻrganib qolmabmiz. Yoshlik qildik, Tilla kampirdan gapqoʻshiq oʻrganmadik. Birimiz — Jissoq, shoirlarning ustodi, birimiz — Bulbul, Bulbul bilan qoʻshiq aytishganda, oʻrtadagilar biznikini qiladi maʼqul, Tilla kampirning ham topgani shul, — deb berdik. Soʻng bilsak, biz toy ekanmiz, u — tulpor, biz jilgʻa ekanmiz, u — buloq, biz daryomiz deganda, u dengiz ekan».

Ad.: Bulbul taronalari [5 j. li], 5j., T., 1973.

Toʻra Mirzayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x