“The New York Times” oʻz oʻquvchilarining Oʻzbekiston haqidagi bilimini sinab koʻrdi

“The New York Times” oʻz oʻquvchilarining Oʻzbekiston haqidagi bilimini sinab koʻrdi
Telegram kanal подписаться

Oʻzbekistonning AQSHdagi Elchixonasi xabariga koʻra, jahondagi mashhur nashrlardan biri — “The New York Times” gazetasi oʻz veb-sahifasida bir hafta davomida Oʻzbekiston haqida interaktiv viktorina oʻtkazdi.

“The New York Times” AQSHning 1851-yildan beri nashr etib kelinayotgan eng yirik kundalik gazetalaridan biridir. Gazeta 127-marta Pulitser mukofotiga sazovor boʻlgan. Nashr veb-saytiga oyiga 30 million oʻquvchi tashrif buyuradi.
“Oʻzbekiston toʻgʻrisida qanchalik koʻp bilasiz?”  mavzusidagi viktorinada mamlakatimiz tarixi, geografiyasi, iqtisodiyoti va ekologiyasi toʻgʻrisida toʻrtta savol berilgan.
Xususan, “The New York Times” veb-sayti oʻquvchilari Oʻzbekiston chorrahasi boʻlgan 2 ming yillik savdo yoʻlining nomini topishi kerak edi. Ushbu savolga javob berar ekan, oʻquvchi mamlakatimiz Rim va Xitoyni birlashtirgan Ipak yoʻlining markazida joylashganidan xabardor boʻldi. Ushbu yoʻl erkin madaniyatlararo almashinuv ramzi boʻlib, u orqali Xitoy qogʻozi (ahamiyati jihatidan kompyuter yaratilishiga teng ixtiro) Gʻarbga, Oʻrta asrlar Yevropasiga yetib borgan.
Geografiya boʻyicha savolda oʻquvchilar Oʻzbekiston poytaxti haqidagi bilimini sinovdan oʻtkazdi. Nashr Toshkent nafaqat qadimiy meʼmorchilik, balki zamonaviy bunyodkorlik namunalarini ham oʻzida mujassam etganini taʼkidlagan. Xususan, 1977-yilda ochilgan Toshkent metropoliteni Markaziy Osiyodagi ikkita yer osti transport tizimidan biri ekani qayd etilgan. Metro bekatlarining aksariyati turli mavzular aks etgan milliy mozaika va qandillar bilan bezatilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida bugungi kunda sayyohlar nafaqat metro meʼmorlari sanʼatidan bahramand boʻlishi, balki stansiyalar koʻrinishlarini suratga olishi ham mumkinligiga alohida eʼtibor qaratilgan.
Navbatdagi savol Oʻzbekiston iqtisodiyotiga bagʻishlangan. Nashrda taʼkidlaganidek, bugun mamlakat hukumati inson huquqlarining eng koʻp tarqalgan koʻrinishi — paxta dalalarida majburiy mehnatga qarshi izchil kurashmoqda. Ilgari paxta yigʻim-terimi paytida 1 millionga yaqin odam majburan terim mavsumiga jalb qilingani aytilgan.
Interaktiv viktorina yakunida mualliflar Orol dengizining asta-sekin qurib borayotganiga ham alohida eʼtibor qaratgan. Taʼkidlanishicha, Orolning qurishi sobiq sovet tuzumi davrida, qurgʻoqchilikka qaramasdan, Markaziy Osiyoda qishloq xoʻjaligini sanoatlashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan paytda boshlangan. Amudaryo va Sirdaryo suvlari bugʻdoy va paxta dalalariga yoʻnaltirilgan. Shuningdek, iqlim oʻzgarishi ham mintaqadagi suv tanqisligini keltirib chiqarmoqda.
Bugungi kunda dengiz qurishi oqibatida qumloqqa aylangan sobiq Moʻynoq porti mintaqaning diqqatga sazovor joylaridan biriga aylanmoqda. Sayyohlar bu yerga kemalar “qabristoni”ni koʻrish va Instagramga selfi tushish uchun keladi. Qachonlardir dengiz suvi toʻlqinlari yuvib turgan qirgʻoqlarda bugungi kunda dinozavr suyaklarini eslatadigan, zanglagan va tashlandiq trauler va kema qoldiqlari qolgan, xolos.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x