TERI QANOTLILAR

TERI QANOTLILAR, ayri quyruqlilar, quloq qazarlar (Dermaptera) — hasharotlar turkumi. Gavdasining uz. 3,5—50 mm, yelkadan qorin tomonga yassilashgan. Qorin boʻlimi uchki qismida qisqichsimon oʻsimtalari ximoya vazifasini bajaradi. Oldingi qanotlari kalta va qattiq, orqa qanotlari pardasimon yoki boʻlmaydi. Xalqorasida Teri qanotlilar quloqqa kirib olib, qisqichlari yordamida quloqni teshadi, degan tushuncha bor (ikkinchi nomi shundan). Lekin bu haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. Toʻliqsiz oʻzgarish orqali rivojlanadi. Tuxumlarini tuproqpagi inlariga toʻp qilib qoʻyadi. Urgʻochisi tuxumlarni va lichinkalarni qoʻriklaydi. Har xil oziq bilan oziqlanadi. Yashirin, tunda hayot kechiradi. Issiq va nam yerlarda uchraydi. 1300 ga yaqin turi maʼlum. Oʻzbekistonda 10 turi uchraydi. Oʻrta Osiyo hududida Osiyo T. q. keng tarqalgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x