Ter toʻkib ishlagan yozuvchi

Jyul Vern juda koʻp vaqtini ilmiy adabiyotlarni oʻqishga sarflardi. Qiziqarli, eʼtiborli maʼlumotlarni maxsus qaydqogʻozlarga yozib borardi. U tuzgan kartotekaga uncha-muncha olimlar uyushmasi ham havas qilsa arzirdi: kartotekada 20 mingdan ortiq qaydvaraq bor edi.

Uning bu urinishlari behuda ketmadi. Jyul Vern adabiyot tarixida ilmiy fantastika janrining asoschilaridan biri sifatida qoldi. YUNYeSKO hisob-kitoblariga koʻra, adib asarlari koʻp tilga tarjima qilinish boʻyicha dunyoda ikkinchi oʻrinda turadi.

Jyul Vern jami 66 ta roman (baʼzilari tugallanmagan), 20 dan ortiq qissa va hikoyalar, 30 dan ortiq pyesalar, bir qancha ilmiy va hujjatli asarlar muallifidir.

 

Orif Tolib

tayyorladi.

 

“Yoshlik” jurnalining 2016 yil 7-sonida chop etilgan.

https://saviya.uz/hayot/mashhurlar-hayoti/ter-tokib-ishlagan-yozuvchi/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x