TER BEZLARI

TER BEZLARIodam terisidagi ter chikaradigan va uni ajratadigan oddiy naysimon bezlar. Kaft, oyoq tagi va peshona terisida boshqa joylarga qaraganda Ter bezlari koʻp boʻladi. Oddiy Ter bezlari bdan tashqari tananing ayrim joylarida (qoʻltiq ostida, orqa chiqaruv teshigi atrofida, chov sohasida va b.) maxsus apokrin bezlari joylashgan. Ular utkir xidli sekret ajratishi bilan oddiy bezlardan farq qiladi. Ter bezlari koʻp miqdorda ter chiqarib, badan haroratini qisman boshqaradi, organizmdan azotli hosilalar va ishqorli metall tuzlari, asosan, natriy xloridni chiqarib turadi, teri yuzasini hoʻllaydi. Qoʻltiq osti, chov soxasida Ter bezlarining yalliglanishi (gidradenit) koʻproq uchraydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x