TEMIR YOʻL TRANSPORTI

TEMIR YOʻL TRANSPORTI — yuk va yoʻlovchilarni lokomotiv va motorvagonlar vositasida t. y. boʻylab tashiydigan transport turi. Uning paydo boʻlishi yirik sanoat taraqqiyoti, ayniqsa, togʻkon va metallurgiya sanoati taraqkiyoti bilan bogʻliq. 18-a. oxiri va 19-a. boshlarida kapitalizmning rivojlanishi yuk aylanmasi tuzilmasini tubdan oʻzgartirdi, temir rudasi, koʻmir, qurilish materiallari va shu kabini ommaviy tashishga ehtiyoj oʻsdi.

1825-y. jahonda birinchi umumiy foydalanishdagi Stokton — Darlington t. y. (21 km, Angliya) J. Stefenson tomonidan qurilgan. 30y. larda Avstriya, Germaniya, Belgiya, Fransiya, Rossiyada xam t. y. kurildi. 1850—70 y. larda Osiyo, Afrika, Jan. Amerika va Avstraliyada xam kurila boshladi. 20-a. boshlarida jahonda t. y. tarmogʻi 1 mln. km dan oshdi. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida t. y. tarmoklarini tez rivojlantirgan sabablardan biri, uning katta harbiystrategik ahamiyatga egaligi boʻlib, Temir yoʻl transporti xoʻjalik, iktisodiy va strategik vazifalarga xizmat qilish bilan bir qatorda mamlakatlararo, hududlararo madaniy aloqalarni rivojlantirish, ijtimoiy masalalar, xalkaro turizm sohasida xam ishtirok etadi, mamlakatning ilmiytexnik taraqqiyotiga xam salmokli hissa koʻshadi. Temir yoʻl transporti transportining afzalliklaridan biri — boshqa transportga nisbatan yuk tashish kiymatining arzonligi, yilning har qanday faslida va bir yoʻla katta hajmdagi yuklarni tashish imkoniyatiga egaligidir.

Oʻzbekistonda dastlabki t. y. 1886— 88 y. larda Zakaspiy temir yoʻlining Forob styasidan Samarqandgacha yotqizilgan (podsho Rossiyasi tomonidan imperiyaning jan. chegaralarini mustahkamlashga qaratilgan va harbiystrategik maqsadlardagi Zakaspiy harbiy t. y. nomi bilan 1880-y. noyab. dan 1886-y. dek. gacha kurib bitkazilgan Krasnovodsk — Chorjoʻy t. y. ning davomi). 1888-y. may oyida Amudaryo orkali 2,7 km uzunlikdagi yogʻoch koʻprik kurib bitkazilishi bilan t. y. da Samarqandgacha poyezdlar qatnovi boshlandi. Keyinchalik bu yoʻl 1895—97 y. larda Ursatyevskaya (Xovos) styasidan Qoʻqongacha davom ettirildi. 1899-y. t. y. Toshkentga yetkazildi (q. Samarkand — Andijon temir puli). 1890-y. kuzida 1874-y. da Rossiya imperiyasining maxsus t. y. komissiyasi kurish zarur deb topgan ToshkentOrenburg t. y. qurilishi boshlandi. 1906-y. yanv. da Toshkent — Orenburg t. y. (Toshkent temir yoʻli) ishga tushirildi. 1907-y. Kogon—Buxoro, 1913—16 y. larda Fargʻona halqa t. y. ning Qoʻqon—Namangan—Andijon qismi, 1913—15 y. larda Kogon—Amudaryo styasi va Qarshi—Kitob shoxobchalari kurildi. 1917-y. ga qadar hoz. Oʻzbekiston hududida jami t. y. uzunligi 1,1 ming km edi.

20-a. ning 20y. laridan boshlab fuqarolar urushi yillarida vayron boʻlgan t. y. harakat tarkibi va yoʻl xoʻjaligini tiklash uchun zarur choralar kurildi. Shahar va portlarni birlashtiruvchi yangi t. y. liniyalari kurilishiga ham eʼtibor berildi. Fargʻona (Iskobil) — Kuvasoy (1922), Karshi — Kitob (1924), Amudaryo (Samsonovo) — Termiz (1925), Asaka — Shahrixon (1931) va b. t. y. liniyalari kurilib foydalanishga topshirildi. 1929—31 y. larda kurilgan uz. 1452 km boʻlgan Turkiston—Sibir temir yoʻli (Turksib) Oʻzbekiston t. y. bilan ulandi.

30y. larda Oʻzbekiston t. y. da EU seriyadagi yangi parovozlar ishlay boshladi, yirik styalarda vagonlar saralashda qulay boʻlgan maxsus moslamalar, nim doʻnglik (gorka)lar, konteyner maydonlari kurildi, katta, masofalarda t. y. liniyalari rekonstruksiya qilindi, poyezdlarning harakat tezligi oshirildi, yuk va yoʻlovchilar tashish koʻpaydi.

1941—45 y. lardagi urush davrida Temir yoʻl transportida front uchun zarur yuklar tashildi. Urushdan keyingi yillarda transportning bu soxasida tub oʻzgarishlar qilindi. Lokomotivlar kuvvati oshirildi, poyezdlar tigʻiz qatnaydigan joylarda ikkinchi yoʻllar qurildi. Parovozlar oʻrniga elektrovoz va teplovozlar koʻllanildi. Styalarning texnika bilan jihozlanishi yaxshilandi. Bu davrda magistral yoʻllardan sanoat shaharlariga (Toshkent—Angren, Toshkent — Chirchiq) shoxobcha yoʻllar kurildi. 1963-yili Krasnovodsk—Boku parom yoʻlining ishga tushirilishi bilan Toshkent—Krasnovodsk liniyasi Ozarbayjon t. y. bilan muntazam boglandi. 1964-y. Oʻzbekiston, Turkmaniston, Tojikiston t. y. lari boshqaruvi Toshkentda boʻlgan yagona Oʻrta Osiyo t. y. ga birlashtirildi. 1971-y. da Qozogʻiston orqali Rossiyaga chiqadigan Qoʻngʻirot—Beynov t. y. kurildi. 1982-y. Termiz sh. yaqinida Amudaryo orqali Afgʻonistonga oʻtadigan t. y. va avtomobil yoʻli koʻprigi foydalanishga topshirildi. Aksariyat viloyat markazlarida yangi t. y. vokzallari kurildi.

1994-y. noyab. da Oʻrta Osiyo t. y. ning Oʻzbekiston Respublikasida joylashgan t. y. korxonalari va boʻlimlari, loyihakonstruktorlik va b. tashkilotlari, muassasalari negizida «Oʻzbekiston temir yoʻllari» davlataksiyadorlik t. y. kompaniyasi tashkil etildi. Respublika t. y. transportini rivojlantirish istiqbollari Iktisodiy hamkorlik tashkiloti mamlakatlarining Kvetta rejasida belgilangan vazifalar qatoridan oʻrin olgan.

21-a. boshida Oʻzbekiston Temir yoʻl transporti tarkibida ijtimoiy sohalar va ishlab chiqarish. ga yoʻnaltirilgan korxona muassasa va tashkilotlardan iborat boʻlgan yagona texnologikishlab chiqarish. majmuiga aylandi. Kompaniyaning t. y. dan foydalanishga masʼul boʻlgan Toshkent, Fargʻona, Qoʻqon, Buxoro, Qoʻngʻirot, Qarshi — Termiz mintaqaviy t. y. uzellari fao, liyat koʻrsatadi (2004).

Yuk tashishda teplovozlar (respublika t. y. da parovoz 1974-y. gacha ishlatildi), yoʻlovchilar tashishda teplovoz va elektrovozlar xizmat koʻrsatadi. Temir yoʻl transportini elektrlashtirish dastlab 1970-y. Toshkent— Yangiyoʻl uchastkasida boshlangan. Keyinchalik Xoʻjakent—Sirdaryo liniyasi (148 km)da elektr poyezdlari katnovi yoʻlga qoʻyiddi. 1985-y. dan t. y. ni oʻzgaruvchan tokda elektrlashtirishga oʻtildi. 1993-y. da Temir yoʻl transportining Xovos—Bekobod va Xovos—Jizzax liniyalari elektrlashtirildi. 2003-y. dan Toshkent—Samarkand yoʻnalishida «Registon» elektropoyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyildi.

Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonning yagona t. y. tarmogʻini vujudga keltirish boʻyicha uz. 700 km ga yaqin Navoiy — Uchquduk — Nukus temir yoʻli kurib bitkazildi, 223 km li Toshguzar — BoysunQumqoʻrgʻon temir yoʻli kurilishi boshlab yuborildi. Bu yoʻllar xududlarni ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirishda katta ahamiyatga ega.

«Oʻzbekiston temir yoʻllari» kompaniyasi tasarrufida asosiy t. y. ning foydalanish uz. 3992 km. Bundan tashqari, 1992,7 km stya yoʻllari va 362,4 km respublika korxonalari shoxobcha yoʻllaridan foydalaniladi. Elektrlashtirilgan t. y. liniyalari uz. 620 km (2004-y. 1 yanv.).

2003-y. da umumiy foydalaniladigan Temir yoʻl transportida asosiy qismi toshkoʻmir, neft yuklari, kurilish yuklari, sement, kimyoviy va mineral oʻgʻitlar, don mahsulotlari va b. dan iborat boʻlgan 45,1 mln. t yuk tashildi, yuk aylanmasi 19,1 mlrd. t. km ni tashkil etdi (2000-y. da tegishlicha 42,4; 15,4). Mamlakat ichida tashilgan jami yuklarning 9,7%, uzoq xorij mamlakatlariga joʻnatilgan yuklarning 40,7% T. y. t. hissasiga toʻgʻri keldi. Temir yoʻl transporti transportida joʻnatilgan yoʻlovchilar esa 15,3 mln. kishidan, yoʻlovchi aylanmasi — 2,065 mlrd. yoʻlovchi. km dan iborat boʻldi (2000-y. da tegishlicha 14,5; 2,2).

«Oʻzbekiston temir yoʻllari» kompaniyasining lokomativ parki yangi tipdagi teplovozlar, elektrovozlar, elektropoyezd (seksiyalar)laridan tashkil topgan. «Oʻztemiryoʻlmashtaʼmirlash» unitar korxonasi — Toshkent teplovoz taʼmirlash zdida yirik magistral teplovozlar taʼmirlanadi, harakatlanuvchi tarkib uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqariladi. «Oʻzvagontaʼmir» aksiyadorlik jamiyatida barcha turdagi yuk tashish vagonlari taʼmirlanadi. 2001-y. da yoʻlovchi tashish vagonlarini taʼmirlaydigan «Toshkent yoʻlovchi vagonlarini taʼmirlash zdi» aksiyadorlik jamiyati tashkil qilindi. 1998-y. dan kompaniya tarkibida asosiy faoliyati shahar atrofi, shaharlararo — mahalliy va xalqaro yoʻnalishlarda yoʻlovchi, pochta, qoʻl yuki tashishga ixtisoslashgan va bir kunda 10 mingdan ortiq fuqarolarga xizmat koʻrsatadigan «Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi» aksiyadorlik jamiyati faoliyat koʻrsatadi.

Respublika Temir yoʻl transporti qurilishini loyihalash ishlarini Toshkent transport loyihalashqidiruv inti (Tashgiprotrans, 1952) va Toshkent t. y. loyiqalash — qidiruv inti («Toshtemiryoʻlloyiha», 1969) olib boradi. Temir yoʻl transporti transporti uchun muhandis va texnik xodimlar «Oʻzbekiston temir yoʻllari» kompaniyasining Akmal Ikromov nomidagi Toshkent t. y. muhandislari inti (1931), Toshkent (1932), Samarkand (1932), Xovos (1979) t. y. transporti kollejlarida tayyorlanadi.

Jahonning barcha rivojlangan davlatlarida Temir yoʻl transporti yetakchi oʻrinlardan birini egallaydi. Bu transport turini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlaridan biri yuqori tezlikda harakatlanuvchi yer usti transport turini joriy qilish hisoblanadi. Bu tizimda harakatlanish tezligi 200 km/soatdan yuqori boʻlib, bunday t. y. lar 2avlod t. y. toifasiga kiritiladi. Gʻarbiy Yevropa va Yaponiyaning baʼzi t. y. uchastkalarida poyezdlar tezligi 350—500 km/soatga yetkazilgan. Rivojlangan mamlakatlarda 20-a. ning 90y. larida t. y. uzunligi (ming km): AQSHda—205, Bukj Britaniyada — 16,6, Kanadada — 93,5, Fransiyada — 34,6, Yaponiyada —23,9, Italiyada — 25,8. Ochilboy Romashov.

1 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x