TELEFON ALOQA

TELEFON ALOQAtelefon apparati yordamida abonentlar oʻrtasida tovushli aloqa bogʻlashga imkon beradigan elektr aloka vositasi. Telefon tarmoqlari orqali amalga oshiriladi, amalda istalgan masofa orasida, yer yuzidagi istalgan joy oʻrtasida tovushli aloka urnatishga imkon beradi. Shotland ixtirochisi A. G. Bell 1876-y. da birinchi elektrakustik qurilma — telefon ixtiro qilganidan gʻamda AQSH (NyuXeyven) da 1878-y. da birinchi telefon stya qurilganidan beri Telefon aloqa boshlangan. Oʻsha yili ingliz fizigi D. E. Yuz kumir uzakli mikrofon yaratdi. Amerikalik ixtirochi Telefon Aloqa Edison (1847—1931) kup yillar mobaynida Telefon aloqani takomillashtirishga doyr ishlar olib bordi. Birinchi oddiy ATS loyihasini rus ixtirochisi K. Mossiskiy 1887-y. da taklif qildi. Murakkab ATS loyihasini 1893-y. da rus olimi M. F. Freydenberg ishlab chikdi. Birinchi xalkaro telefon liniyasi (Moskva — Peterburg) 1908-y. da ochildi, 1939-y. da dunyoda eng uzun koʻp karrali Telefon aloqa liniyasi (Moskva — Xabarovsk) ishga tushdi. Odimlab qidirgichli birinchi ATS 1947-y., koordinat ulagichli ATS 1960-y. joriy qilindi. 20-a. 60y. larida kvazielektron ATS, 70y. laridan boshlab elektron ATS amalda qoʻllana boshlandi. Oʻzbekistonda (Toshkentda) Telefon aloqa 1887-y. ishlay boshlagan, 1914-y. Toshkent sh. telefon tarmogʻi ishga tushgan. Respublikada dastlabki telefon styalar 1929-y. qurilgan, birinchi ATS 1932-y. ishga tushirilgan, dekadaodimli tizimdagi ATS 1956-y. qurilgan. Koordinat ATS 1974-y. paydo boʻlgan. Dastlabki shaharlararo Telefon aloqa Toshkent — Samarkand, Samarkand — Qoʻqon, Toshkent — Piskent, Toshkent — Toʻytepa liniyasida 1924-y. ochilgan. 20-a. 60y. laridan havo aloqa liniyalari astasekin yer osti kabellariga oʻtkazildi, shaharlararo Telefon aloqa uchun kabel liniyalari bilan bir qatorda radioreledan, 80y. lardan aloqa yoʻldoshlaridan foydalana boshlandi. Toshkentda dastlabki telefonavtomatlar (taksofonlar) 1935-y. dan oʻrnatila boshlandi, birinketin boshqa yirik shaharlarda ham rayem boʻldi. 20a. 90y. laridan raqamli va uyali telefon tizimi paydo boʻldi. Hozir respublika va jahonning barcha shaharlari bilan aloqa oʻrnatishga imkon beradigan xalkaro telefonavtomatlar mavjud. Respublikamizdagi barcha shaharlar orasida va xalqaro Telefon aloqa yoʻlga qoʻyilgan. Republikada Telefon aloqaga doyr barcha ishlar «Oʻzbektelekom» AK tarmoqlari orqali amalga oshiriladi.

Telefon aloqaning umumiy foydalaniladigan mahalliy, shaharlararo va xalkaro turlari bor. Mahalliy Telefon aloqa idoralararo va ichki (korxonalardagi, mas., dispetcherlik aloqasi), harakatdagi obyektlar bilan (mas., kosmik aloqa, poyezdlardagi aloqa, radiotelefon aloqa va b.) va maxsus (mas., suv osti kemalari bilan aloqa) turlarga boʻlinadi. Tovushni kodlangan tarzda uzatsa boʻladigan (q. Vokoder), xalqaro aloqa kabellari tarmogʻi, zich aloqa liniyasi apparatlari va b. mavjud. Uyali va rakamli Telefon aloqa borgan sari keng rayem boʻlib bormoqda (2004).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x