TELE

TELE, tele — ilk oʻrta asrlarda turkiy kabilalar katta bir qismining umumiy nomi. Ushbu etnonim ilk bora mil. 4-a. ga oid Xitoy manbalarida uchraydi. Ulardan maʼlum boʻlishicha, mil. 6-a. gacha «tele» atamasi Gobi choʻlining shim., Xingan togʻlari (Manjuriya)ning gʻarbi va Tyanshan togʻlari atrofidagi keng hududdan to Orol va Kaspiy dengizi boʻylarigacha tarqalgan turkiy qabilalarning umumiy nomi sifatida ishlatilgan. Ushbu yilnomalardan ayon boʻlishicha, Tele kabilalari dastlab mil. av. 1ming yillikda di, chidi nomi bilan atalgan, keyinchalik esa, dili, chile, dingling, gaogyuy, soʻngra Tele deb atala boshlagan.

Xitoy yilnomalarida taʼkidlanishicha, bir qancha qabilalar oʻz etnik nomiga ega boʻlsalar ham, kelib chiqishi jihatidan Tele larga borib takalib, quyidagicha nomlanar edilar: (veyxouygʻur), yuange, seyanto (sir tardush), kibi, dubo (tuba), guligan (quriqan), dolange (telengut), pugu (bugʻu), bayegu (bayirqu), tunlo (toʻngra), hun, adye (adiz), soʻgye (izgil), xuyeye, baysi (oq si) va h. k. Suyshu nomli xitoy yilnomasida (7-a.) T. qabilalariga mansub 50 ta kabila nomi keltiriladi. Xitoy yilnomalarida Tele larning tili hunlarimng tiliga oʻxshashligi qayd qilinadi. Ushbu maʼlumotga asoslanilsa ularning turkiy tilli xalq boʻlganligi maʼlum boʻladi.

Tele etnonimi boʻyicha turlicha fikrlar bildirilgan:

1) bir qator tadqiqotchilar fikricha, Xitoy yilnomalaridagi Tele atamasining turkiy asli toles (toʻles, toʻlas) boʻlib, dastlab shu shaklda UrxunEnasoy bitiktoshlari (7—8-a. lar)da uchraydi va Turk xoqrnligi (6—8-a. lar) va Uygʻur xoqonligi (8—9-a. lar) davrida ushbu davlatlarning sharqiy qanotini boshqarish ular vositasida amalga oshirilgan;

2) I. Klyukin va L. Potapovning fikricha, Xitoy manbalaridagi Tele etnonimining asl turkiy shakli toʻlas emas, Tele boʻlgan; qad. Tele etnonimi hozir ham Oltoy va tuvaliklar orasida mavjud boʻlgan teleut, teles etnonimlarida koʻrinadi, yaʼni ushbu etnonimlarining negizi Tele boʻlib, qad. turkmoʻgʻul tillaridagi soʻz oxirida koʻplab yasaydigan qoʻshimchalar. t. s. undoshlari vositasida teleut va telesga aylangan;

3) hoz. yapon va xitoy olimlarining fikricha, di, dili, dingling, chile, tele kabi atamalar «turk» etnonimining turli davrlardagi xitoycha talaffuzidir;

4) ayrim tadqiqotchilar fikriga koʻra, Tele atamasining asli «turo» yoki «tura» boʻlib, qad. Eron manbalarida, shu jumladan, «Avesto»da koʻchmanchi qabila sifatida tilga olingan «tur» kabilasi bilan alokalidir. Ularning fikricha, ushbu «tur» yoki «turo» soʻzlaridan «turk» etnonimi shakllangan.

Tele va toʻlas etnonimi hoz. kunda ham tele, teli, teles, telek, toʻloʻs, doolos (doʻoʻloʻs), teleut shakllarida bir qancha turkiy xalklar tarkibida uchraydi.

Gʻaybulla Boboyorov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x