TATARLAR

TATARLAR — xalq, Tataristonning asosiy aholisi (1765 ming kishi, 1990y. lar oʻrtalari). RFning Boshqirdiston, Mari Respublikasi, Mordoviya, Udmurtiston, Chuvashiston respublikalari, Nijniy Novgorod, Kirov, Penza va b. viloyatlarida ham yashaydi. Shuningdek, turkiy tilda soʻzlashuvchi Sibir (sibir Tatarlar lari), Krim (qrim tatarlari) va b. qavmlarni ham Tatarlar deb atashadi. Umumiy soni — 6,71 mln. kishi. RFdagi umumiy soni (qrim Tatarlar idan tashqari) 5,52 mln. kishi (1990y. lar oʻrtalari). Tatar tilida soʻzlashadi. Dindorlari — sunniy musulmonlar. Dehqonchilik, chorvachilik va xunarmandchilik bilan shugʻullanadi.

Birinchi marta «Tatarlar» etnonimi 6 — 9-a. larda Baykal koʻlining jan. sharqiy sohillarida yashovchi koʻchmanchi moʻgʻul qabilalari orasida uchragan. Moʻgʻullar istilosi davri (13-a.)da «Tatarlar» nomi Yevropaga maʼlum boʻlgan. Turkiy tilli qabilalarning Ural yoni va Volga boʻyiga kirib borishi mil. 3 — 4-a. larga toʻgʻri kelib, gunshar va b. qabilalarning Sharqiy Yevropaga istilosi davri bilan bogʻliq. Tatarlar ugorfin xalklari bilan aralashib ketgan. 5 — 7-a. larda turkiy kabilalar Turk xoqonligi bosqini munosabati bilan Gʻarbiy Sibir, Volga boʻyi va Ural yoni mintaqalariga kayta kirib kelishgan. 7 — 8-a. larda Azov boʻyidan Volga boʻyiga bulgʻorlar kelib, turkiylar va mahalliy ugorfinlar bilan birga VolgaKama Bulgʻoriyasi davlatini tuzganlar. 15 — 16-a. lardagi davlatlar (Qozon, Astraxon, Krim, Sibir va b. xonliklar) davrida Tatarlarning alohida guruhlari — Oʻrta Volga boʻyi va Ural yoni (Kozon Tatarlari, misharlar), Astraxon T. i, Sibir Tatarlari, Krim Tatarlari va b. T. shakllana boshlagan (yana q. Tatariston).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x