Tarixchi olimlar. E.V. Rtveladze


Post Views:
35

RTVELADZE Edvard Vasilyevich (1942 yil 14 may) – arxeolog-tarixchi olim. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (1995), tarix fanlari doktori (1989), profyessor (1992). Gruziyaning Borjomi shahrida tug‘ilgan. 1962 yildan Toshkentda. ToshDUni tugatgan (1967). O‘zbekiston Sanʼatshunoslik ilmiy-tekshirish institutida ilmiy xodim (1969–76), katta ilmiy xodim (1976–85), sanʼat tarixi bo‘limi mudiri (1985 yildan). Ilmiy ishlari O‘rta Osiyoning qadimiy va o‘rta asrlar tarixi, arxeologiyasi, numizmatikasi, epigrafikasi, sanʼati, madaniyati tarixini o‘rganishga bag‘ishlangan. Toshkent shahridagi arxeologik yodgorliklarni tadqiq etgan. Choch tarixi va numizmatikasiga oid asarlar muallifi. Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti (1985), O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti (2007) laureati. «Buyuk xizmatlari uchun» (2001), «Mehnat shuhrati» (2003) ordenlari va Gruziyaning “Girsebis” («Ritsarlik sharafi») (2001), Gretsiyaning «Buyuk Konstantin» (2006) ordenlari bilan mukofotlangan.

“Toshkent” ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/tarixchi-olimlar-e-v-rtveladze/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x