TAQCHILLIK

TAQCHILLIK, defitsit (iqtisodiyotda) — ilgari belgilangan, rejalashtirilgan yoki zarur darajadagi mablagʻ, resurs, tovarlarning yetishmasligi, tanqisligi. Taqchillikning yalpi milliy mahsulot taqchilligi, tovarlar takchilligi, byudjet taqchshiigi, taqchil moliyalashtirish, taqchil iqtisodiyot kabi koʻrinishlari mavjud. Taqchillik har qanday darajada iqtisodiy muvozanatni buzadi, qarzlarning toʻplanib borishiga sabab boʻladi.

Tovarlar va xizmatlar Taqchillik ligi xalq isteʼmol mollari va xizmatlarining aholi talabehtiyojlarini qondirish uchun yetishmasligi, ularni yetarli darajada ishlab chiqarmaslik oqibatida yuzaga keladi. Tovar taqchilligi iqtisodiyotning beqarorligi, undagi mutanosiblikning buzilishi, takror ishlab chiqarish. ning izdan chiqishi oqibatidir. Uni bartaraf etish uchun tovar ishlab chiqarish., tovar importi bozor talabiga qarab koʻpaytiriladi.

Byudjet xarajatlari daromaddan ortib ketsa byudjet takchilligi yuzaga keladi. Bunday Taqchillik makroiqtisodiyot darajasida inflyatsiya jarayonining rivojlanib borayotganini, davlat moliyasining inqiroz holatida ekanligini koʻrsatadi. Davlat byudjetida Taqchillik byudjetning daromad qismida 20%gacha yoki yalpi milliy mahsulotning 7—8% gacha boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x