Dunyodagi eng qimmat ko’prik narxi qancha?

Dunyodagi eng qimmat ko’prik narxi qancha? Uzunligi 55 km bo’lgan, GonKong, Xitoy va Makaoni birlashtiruvchi ko’prik dunyodagi eng qimmat ko’prik deb tan olingan. U jami 3ta ko’prik va 1ta tunneldan iborat bo’lib, 2017-yili foydalanishga topshirilgan. Jami qiymati 15ta Tashkent City narxiga teng bu ko’prik uchun $20 mlrd sarflangan.