TAʼTILLAR

TAʼTILLAR (OʻzRda) — xodimlarga ish joyi (lavozimi) va ish haqi saqlangan holda har yili dam olish va ish qobiliyatini tiklash uchun beriladigan vaqt. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida yillik mehnat taʼtilining muddati kamida 15 ish kunidan iborat etib belgilangan. Ayrim toifadagi xodimlarga ularning yoshi, sogʻligʻini hisobga olib, yillik uzaytirilgan Taʼtillar beriladi. Chunonchi, 18 yoshga toʻlmagan shaxslarga, ishlayotgan 1 va 2guruh nogironlariga Taʼtillar 30 kalendar kun, oʻqituvchilarga 48 ish kuni, i. t. muassasalari kichik va katta ilmiy xodimlariga 24—48 ish kuni, sudyalarga 36 ish kuni qilib belgilangan. Ayrim toifadagi xodimlar mehnat vazifalarining oʻziga xos jihatlari va xususiyatlari hamda boshqa holatlarni eʼtiborga olib, ularning ham Taʼtillari muddati uzaytirilgan. Amaldagi qonunchilikda uzaytirilgan Taʼtillarning umumiy va eng kam muddati belgilangan. Bundan tashqari mehnat shartnomasining shartlarida ham uzaytirilgan yillik Taʼtillar berish nazarda tutilishi mumkin. Mehnat krnunchiligida ayrim toifa xodimlar uchun qoʻshimcha T. berish nazarda tutilgan va tegishli qonun hujjatlarida kafolatlangan. Qoʻshimcha T. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Sogʻliqni saklash vazirligi tomonidan tasdiklangan mehnat sharoitlarini baxrlash uslubiyati asosida belgilanadi. Ishning alohida tusda ekani, shuningdek, oʻta zararli va oʻta ogʻir mehnat sharoiti uchun qoʻshimcha taʼtilning eng kam muddati, uni berish shartlari va tartibi OʻzR Vazirlar Mahkamasining «Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan normativ hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida» 1997-y. 11-martdagi 133sonli qaroriga muvofiq belgilangan. Taʼtil davriga bayram kunlari toʻgʻri kelib qolsa, taʼtil muddatini hisoblashda bu kunlar hisobga olinmaydi. Yillik asosiy taʼtilni olish huquqini beradigan ish stajini hisoblab chiqarish tartibi Mehnat kodeksining 142moddasida koʻrsatilgan. Qoidaga koʻra, yillik asosiy taʼtil 1ish yili uchun 6 oy ishlagandan keyin beriladi. Taʼtil berish vaqti haqida xodim taʼtil boshlanishidan kamida 15 kun oldin xabardor kilinishi kerak. Ayrim toifa xodimlarga taʼtil ularning xohishiga koʻra, yozgi yoki ular uchun qulay boʻlgan boshqa vaqtda berilishi mumkin (Mehnat kodeksi, 250modda). Qonunda koʻrsatilgan hollarda xodim taʼtilni uzaytirish yoki boshqa muddatga koʻchirish huquqiga ega. Qonunchilikda xodimning xohishiga koʻra, uning yozma arizasiga asosan taʼtilni qismlarga boʻlishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda taʼtilning foydalaniladigan bir qismi 12 ish kunidan kam boʻlmasligi lozim. Ayrim toifa xodimlarga ish haqi saklanmagan holda mehnat taʼtili berish nazarda tutilgan. Taʼtildan chaqirib olishga faqat xodimning roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi. Yillik Taʼtillar davri uchun xodimga oʻrtacha ish haqidan kam boʻlmagan miqdorda haq toʻlash kafolatlanadi. Taʼtil haqi jamoa shartnomasida belgilangan muddatlarda, lekin taʼtil boshlanmasdan oldingi oxirgi ish kunidan kechiktirmay toʻlanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida ijtimoiy Taʼtillar ham berish nazarda tutilgan. Jumladan, xodim quyidagi ijtimoiy Taʼtillar olish huquqidan foydalanadi: xrmiladorlik va tugish Taʼtillari (233modda); bolalarni parvarishlash Taʼtillari (232, 234, 235moddalar); oʻqish bilan bogʻliq Taʼtillar (252256moddalar); ijodiy Taʼtillar (258modda). Bunday Taʼtillarni berish tartibi va mikdori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-y. 11-martdagi 133sonli karorida koʻrsatilgan.

Anvar Inoyatov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x