SUXONA

SUXONA — RF Yevropa qismi (Vologda viloyati) dagi daryo. Kubena kulidan boshlanadi. Suxonaning koʻldan chiqish joyiga shlyuzli toʻgʻon qurilgan. U Yug daryosi bilan qoʻshilgandan keyin Shim. Dvina daryosi hosil boʻladi. Uz. 558 km, havzasining mayd. 50,3 ming km2, oʻrtacha suv sarfi 463 m3/sek. Yuqori oqimi da (Vologda daryosi quyiladigan joygacha) ilon izi boʻlib sayoz oʻzanda oqadi. Oʻrta oqimida sayoz joyi koʻp, ostonalar bor. Quyi oqimida qirgʻogʻi baland (30 m gacha). Oʻzanida ostona koʻp (eng kattasi Opoka). Nishabi juda kam boʻlganidan, baʼzan, bahorda Vologda va Leja daryolari suvi bosib, Suxona suvi Kubena koʻliga qaytib oqadi. Noyab. da muzlayda, apr. ning 2-yarmida muzdan boʻshaydi. Shim. Dvina sistemasi bilan Sheksna va Volga daryolari orqali birlashtirilgan. Boshidan oxirigacha kema qatnaydi va yogʻoch oqiziladi. Suxona soxilida Sokol, Totma, Velikiy Ustyug sh. lari joylashgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x