SUV ISITKICH

SUV ISITKICH — sovuq suvni bugʻ, qaynoq suv, qaynoq gaz va elektr toki bilan isitish uchun moʻljallangan issiqlik almashish apparati. Sirtki isitish va tegishib isitish (kontakt) usulida ishlaydigan turlari bor. Sirtki isitish apparatlarida ichida bugʻ yoki qaynoq suv aylanib yuradigan quvurlarning sirti sovuq suvni isitadi. Bular koʻproq tarqalgan. Tegishib isitish apparatlarida sovuq suv bugʻ yoki qaynoq suvga bevosita tegib isiydi. Bular kamroq tarqalgan. Qozon agregatlariga oʻrnatiladigan Suv isitkich larida sovuq suv atmosferaga chiqib ketayotgan gazlarning issiqligi hisobiga isiydi. Bunday apparatlar suv ekonomayzerlari deb ataladi. Gaz, elektr yoki qattiq yoqilgʻi (oʻtin, kumir) bilan ishlaydigan mahalliy Suv isitkichlar jumlasiga vannaxona suv kolonkalari, zmeyeviklar (burama quvurlar), suv isitish qutilari, elektr suv qizdirgichlar (kipyatilniklar) va b. kiradi. Suv isitkichlar issiq suv bilan taʼminlash va suv bilan isitish tizimlarida, qozon agregatlarida, xoʻjalik va maishiy ehtiyojlar uchun issiq suv tayyorlash va b. maqsadlarda keng ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x