SULTONOV Moʻmin Mannopovich

SULTONOV Moʻmin Mannopovich (1947.10.2, Toshkent) — ganchkor usta, Oʻzbekiston xalqustasi (2000). Toshkent politexnika in-ti meʼmorlik ftini tugatgan (1971). 1961-y. dan Toshkent amaliy sanʼat ijodiy eksperimental k-tida ganchkor usta. 1973-y. dan «Ustazoda» birlashmasida ijodiy rahbar. Usta Mahmud Usmonovning shogirdi. Sultonov shogirdlari bilan Navoiy xaykali gumbaz osti bezaklari, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Turkiston saroyi, Toshkent sh. hokimiyati, Oʻzbek milliy akademik drama teatri, Oʻzbekiston konservatoriyasi, Germaniyadagi Oʻzbekiston elchixonasi, Malayziyadagi Butunjahon islom muzeyi binolari va b. inshootlarning ganchkori bezaklarini yaratgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x