SULTON MUHAMMAD TABRIZIY

SULTON MUHAMMAD TABRIZIY (1470-y. oxiri — Tabriz — 1555) — musavvir, Tabriz miniatyura maktabi asoschilaridan. Safaviylar (Shoh Ismoil va Shahzoda Tahmosib I) saroy kutubxonasida ishlagan. Bexzod bilan hamkorlikda ijod kilgan, shahzoda Tahmosibga rayem oʻrgatgan. Ogʻa Mirak Isfahoniy, Mir Said Ali, Muzaffar Ali va b. bilan birga qoʻlyozma kitoblarga asarlar yaratgan. Asarlari yorqin, sof ranglar jozibasi, nozik chiziklari, ajoyib naqshlar va puxta oʻylangan tarhi, koʻtarinki obrazlar silsilasi bilan alohida ajralib turadi. Navoiyning «Devon»i (1527), Hofizning «Devon»i (1537), Nizomiyning «Xamsa» (1539—43, Britaniya muzeyida), Firdavsiyning «Shohnoma» (1537) asarlari qoʻlyozmalariga rasmlar ishlashda qatnashgan, portretlar va b. alohida miniatyuralar yaratgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x