SULTON ALI XUROSONIY

SULTON ALI XUROSONIY (??) — xurosonlik tabib. 15-a. ning 2-yarmi va 16-a. ning 1-yarmida yashab ijod etgan. Oʻrta Osiyoning bir qancha shaharlarida, jumladan, Samarqandda uzoq muddat yashagan. Koʻp yillik tajribalari asosida «Dastur uliloj» («Kasalliklarni davolash boʻyicha qoʻllanma», Samarqand, 1526) va «Muqaddimayi dastur uliloj» («Kasalliklarni davolash boʻyicha koʻllanmaga muqaddima») asarlarini yozgan. «Dastur uliloj»da turli kasalliklar va ularni davolash yoʻllari haqida maʼlumot berilgan. «Muqaddiymayi dastur uliloj»da esa tabobatning umumiy masalalari — sogʻliqni saqlash, odam aʼzolarining sogʻ va kasallik vaqtidagi holati, qon tomirlari hamda kasallik boʻhroni (krizisi) haqida fikr yuritilgan. «Muqaddimayi dastur uliloj» asari fors tilidan oʻzbekchaga tarjima qilingan. Uning 19-a. boshlarida koʻchirilgan bir nusxasi Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-tining qoʻlyozmalar fondida saqlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x