Stress va undan xalos bo’lishning ba’zi usullari.

Stress va undan xalos bo'lishning ba'zi usullari.
Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo’lish

Stress (ing. stress-bosim, kuchlanish, tanglik) odamning kuchli ta’sirotlar natijasida sodir bo’ladigan o’ta hayajonlanish, asabiylik holatidir.

Har bir inson hayotida bir necha bor stress va uning oqibatlarini boshdan kechiradi. Asosan hozirgi davrda vaqtning yetishmasligi, tabiiy ofatlar, turli xil kasalliklar sabab insoniyat stressga duch kelmoqda.
Kutilmagan stressdan xalos bo’lishning ba’zi usullarini e’tiboringizga havola etamiz:

4-7-8 nafas mashqini bajarish.

4 soniya davomida burundan chuqur nafas olib, 7 soniya ushlab turiladi va 8 gacha sanab sekin-asta og’izdan chiqariladi.
Hatto bir-ikki urunishning o’zidayoq natija bo’ladi: yurak urushi sekinlashadi, hissiyotlar yuritish uchun imkon paydo bo’ladi.

Stressni tahlil qilish.

Stressning sababini tushunish va uni tahlil qilish stresdan xalos bo’lishning zarur sharti sanaladi.
Masalan: «Ha, balki men topshiriqni o’z vaqtida topshira olmasman. Mabodo shunday bo’lsa ham, buning salbiy oqibatiga chidash mumkin».
Yuz berishi mumkin bo’lgan eng yomon holatni tahlil qilib ko’rib siz ancha xotirjam tortasiz va tinchlanasiz.

Jismoniy faollik.

Uyni tozalash, shkafni tartibga keltirish yoki idish-tovoqlarni yuvish e’tiborni boshqa tomonga burish va biroz bo’shashib, tinchlanishning eng oddiy va samarali usullaridan biridir.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do’stlaringizga ma’lum qiling:

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x