STRAUMAL Boris Petrovich

STRAUMAL Boris Petrovich (1900.25.7, Slonim sh., hoz. Belorussiya, Grodno viloyati — 1987.29.4, Toshkent) — seleksioner olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1960), qishloq xoʻjaligi. fanlari d-ri (1962), prof. (1967). Oʻrta Osiyo untining qishloq xoʻjaligi. ftini tugatgan (1927). Oʻzbekistonda birinchi MTS tashkilotchisi va direktori (1929— 31), SoyuzNIXI direktori (1931— 39), ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari va oʻrta tolali gʻoʻza navlari seleksiyasi lab. mudiri (1942—71). 1971-y. dan Oʻzbekiston gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi i. t. in-tida katta ilmiy xodim. Ilmiy ishlari yangi gʻoʻza navlarini yaratish, seleksiyaurugʻchilik ishlari sxemasi va metodikasini ishlab chiqishga bagʻishlangan. U malla tolali S4001, S4018, oq tolali S4727, S4480, Chimboy 3010, S4891 gʻoʻza navlarini yaratgan.

As: Sorta xlopchatnika s osnovami seleksii, T., 1974; Sort 108F, T., 1977.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x