SPORT ANJOMLARI VA JIHOZLARI

SPORT ANJOMLARI VA JIHOZLARIjismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari, musobaqalari uchun muljallangan aslahalar, maxsus qurilma va asbobuskunalar. Xalqaro yoki milliy (sportning milliy turlari uchun) sport federatsiyalari tasdiklagan standartlar (qoidalar, normalar) ga muvofiq tayyorlanadi va standartlar boʻyicha xalqaro yoki davlat tashkilotlari tomonidan roʻyxatga olinadi. Sport anjomlari (snaryadlari), sport jihozlari, poyabzal va kiyimlari mavjud. Sport oʻyinlari uchun toʻplar, chavgonlar, raketkalar; kamon, rapira, qilich, shamshir; yengil atletikada nayza, lappak, boskrn, yadro, langarchoʻp; gimnastika anjomlari; ogʻir atletikada — shtanga, toshlar; konki, changʻi va b. sport anjomlari xisoblanadi. Eshkakli (akademik qayiq, baydarkalar, kanoe) va yelkanli (yaxtalar) qayiqlar, chanalar, velosipedlar (trekka, shossega, tandemga muljallangan), turli mototsikllar, sport avtomobillari, kartlar, planyorlar va sport samolyotlari kabi snaryadapparatlar alohida guruhni tashkil etadi. Sport jihozlari qatoriga sport arenalarining uskunalari: darvozalar, toʻrlar, qalqonlar (shchitlar): toʻsiqlar, bokschilar ringi, gimnastika gilami va b. ; sport musobaqalari va mashgʻulotlarda ishlatiladigan maxsus texnika (fotofinish, elektr tablo, turli trenajerlar va b.) kiradi. Sport kiyimi va poyabzali har bir sport turi uchun xalqaro sport federatsiyalari tomonidan qoʻyilgan texnik, gigiyenik va estetik talablarga muvofiq boʻlishi kerak. Ayrim sport turlarida kiyim himoya vositasi vazifasini bajaradi (shlemlar, niqoblar, koʻzoynaklar, qoʻlqoplar va h. k.). Poyabzal maxsus moslamalar (tishlar, zarbani yumshatuvchi amortizatorlar, qoplamalar va b.)ga ega boʻladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x