SOSSYUR

SOSSYUR (Saussure) Ferdinand de (1857.26.11, Jeneva 1913.22.2, Vyuflansyur-Morj) — shveysariyalik tilshunos. Jeneva (1875), Leypsig, Berlin (1876—80) un-tlarida oʻqigan. Jeneva un-tining prof. (1891-y. dan). Sossyurning birinchi asari hindevropa tillari vokalizmini oʻrganishda, tilshunoslikda qiyosiy-tarixiy metodning shakllanishi va rivojlanishida mugʻim rol oʻynagan boʻlsa, uning «Umumiy tilshunoslik kursi» (1916) 20-a. Yevropa tilshunosligi rivojiga katta taʼsir koʻrsatgan. Sossyur birinchi boʻlib tilni muayyan tizim sifatida oʻrganishni taklif etdi, til lingvistikasi bilan nutq lingvistikasini, diaxroniya bilan sinxroniyani oʻzaro farqladi; tilshunoslikni semiologiya (semiotika)ning bir qismi deb hisoblab, lisoniy belgi tabiatini kashf etdi. Sossyurning tilshunoslikdagi qarashlari Jeneva tilshunoslik maktabi vakillari Sh. Balli, A. Seshe asarlarida, fransuz sotsiologik maktabi namoyandalari A. Meye, J. Vandriyes va b. ning ilmiy ishlarida, strukturalizm kridalarida aks etgan. Yevropa strukturaviy tilshunosligi asoschisi sifatida Sossyur tilshunoslikning, shuningdek, xorijiy semiotikaning ayrim yoʻnalishlari, antropologiya, adabiyotshunoslik va estetikaning rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x