SOʻQOQSOY

SOʻQOQSOY, Samsaraksoy Toshkent viloyatining Parkent tumanidagi soy. Chirchiq — Ohangaron havzasida joylashgan. Chatqol tizmasining jan. gʻarbiy yon bagʻridan oqib tushuvchi Sarituproqsoy va Miskensoyning qushilishidan hosil boʻladi. Uz. 33 km, havzasining mayd. 75,4 km2. Qorasuvga quyiladi. Soʻqoq qishlogʻiga qadar soy yon bagʻirlari baland, tor va chuqur vodiyda, shagʻal va xarsang toshlarga toʻla nishabi katta oʻzanda oqadi, shu qishloqdan boshlab vodiysi ancha kengaya boradi, yon bagʻirlari past va yotiq. S havzasi ancha sersuv, Oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi 1,96 m3/sek. Qoryomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Yillik oqimning 60—70% mart—may oylariga toʻgʻri keladi. Soʻqoqsoyning asosiy irmogʻi — Chashmasoy (oʻngdan). Soydan apr. — may oylarida sel keladi. Soʻqoqsoy havzasida «Soʻqoq» dam olish uyi, bolalar oromgohlari bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x