SOʻX SVITASI

SOʻX SVITASI — quyi toʻrtlamchi davrga mansub yotqiziklar, 1932-y. mustaqil svita sifatida ajratilgan. Soʻx svitasi Fargʻona, Isfara, Shohimardon atroflarida, Norin daryosi vodiysida mavjud, qalinligi 1000 m gacha. Soʻx svitasi s, asosan, qum, shagʻal va konglomeratlardan tarkib topgan. Svita jinslari yura, boʻr va uchlamchi davr yotqiziqlarining yuvilishi va oqin suvlar faoliyati natijasida vujudga kelgan. Soʻx svitasi yotqiziqlari qurilish materiallari sifatida ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x