SIZIF

SIZIF, Sisif (lot. Sisyphus) yunon mifologiyasida shamol maʼbudi Eolning oʻgʻli. Korinf sh. bunyodkori va shohi. Vafotidan soʻng yer osti zulmat dunyosi — Aidaa ogʻir mehnatga mahkum etilgan. Unga koʻra, Sizif ogʻir xarsangtoshni dumalatib togʻning tepasiga chiqarishi lozim boʻlgan, biroqhar gal endi choʻqqiga yetdim deganda tosh pastga qulab keta bergan. Ogʻir. tuganmas, samarasiz ish va azob-uqubatni anglatuvchi «Sizif mehnati», «Sizif toshi» iborasi shundan. Sizifning mana shunday azobga mahkum etilganining sababi haqida miflarning turli xil variantlari saqlanib qolgan (xudolarning sirlarini oshkor qilib qoʻygani va b.). S obrazi yunon dramaturgiyasi (Esxil, Sofokl, Yevripidlarning saqlanmagan asarlari) yangi davr adabiyotida (A. Kamyu, F. Merl) va tasviriy sanʼatda (Titsian) saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x