SIYENIT

SIYENIT (Syene — Siyena, qad. Misrdagi Sun sh., hoz. Asvon) — intruziv magmatik togʻ jinsi; asosan, ishqorli dala shpatlaridan (60—90%) hamda bir yoki bir necha rangli minerallardan (eng xarakterlisi amfibol, 10—12% gacha) tashkil topgan kvarssiz, butunlay kristallangan togʻ jinsi. Odatda, kam mikdorda plagioklaz (oligoklaz, andezin) uchraydi. Siyenit larda baʼzida 5% gacha aksessor minerallar (apatit, sfen, sirkon, magnetit) boʻladi. Ishqorlarning miqdoriga qarab Siyenitlar 3 guruhga — normal va yuqori ishqorli hamda ishqorli Siyenit larga boʻlinadi. Strukturasi toʻliq kristalli va tekis donali yoki porfirsimon. Agarda nefelin qatnashsa tog jinsi nefelinli S, kam miqdorda kvars boʻlsa kvarsli S boʻladi. Ishqoriy dala shpatlariga (ortoklaz va b.) nisbatan plagioklaz miqdori yuqori boʻlgan holda togʻ jinsi Sdan siyenitdiorit va monsonit orqali gabbroga oʻtadi (asosli plagioklazga bogʻliq). Zichligi 2600—2800 kt/m3. Rangli minerallarni ortishi bilan normal S melanokratli Siyenitga va yana shonkinitga aylanadi. Bezak toshi sifatida va qurilishda ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x