SIMBIOZ

SIMBIOZ (Symbiosis — birgalikda yashash) — ikki va undan ortiq turlarning birbiriga foyda keltirib birga yashashi. Simbiotik munosabatlar oʻsimlik bilan oʻsimlik, oʻsimlik bilan hayvon, hayvon b-n hayvon, oʻsimlik va hayvonlar bilan mikroorganizmlar, mikroorganizmlar b-n mikroorganizmlar oʻrtasida boʻlishi mumkin. «Simbioz» terminini nemis olimi A. de Bari (1879) taklif etgan.

Oʻsimliklar bilan mikroorganizmlar oʻrtasidagi Simbiozga mikoriza misol boʻladi. Bunda zamburugʻ mitseliysi yuksak oʻsimliklar ildizi bilan Simbioz yashaydi. Oʻsimlik ildizi suv va mineral oziqni tuprokdan shimib oladi. Zamburugʻ esa tuprokdagi organik birikmalarning parchalanishiga yordam beradi. Azotobakteriyalar dukkakli oʻsimliklarning ildizida yashab, havodagi erkin azotning oʻsimliklar tomonidan oʻzlashtirilishiga yordam beradi. Hayvonlar bilan oʻsimliklar orasidagi Simbiozga misol tariqasida bir hujayrali suvoʻtlar, ayrim bir hujayrali hayvonlar, boʻshliqichlilar (gidralar, korall poliplar), kiprikli chuvalchanglar oʻrtasidagi munosabatlarni koʻrsatish mumkin. Suvoʻtlar korall poliplar hujayralariga joylashib olib, ularning oʻsishi va rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatadi. Xayvonlar (shu jumladan, odam) bilan mikroorganizmlar oʻrtasida ham Simbioz keng tarkalgan. Ichak mikroorganizmlarining ovqat hazm qilishda ishtirok etishi bunga yaqqol misol buladi. Ayrim xasharotlar ichagida sellyulozaning hazm boʻlishi ichakda yashaydigan achitqi zamburugʻlari ajratib chiqaradigan fermentlar bilan bogʻliq. Xuddi shunga oʻxshash Simbioz kavsh kaytaruvchi sut emizuvchilar bilan ular oshqozonida yashaydigan infuzoriyalar orasida xam mavjud.

Organizmlar oʻrtasidagi simbiotik munosabatlar evolyutsiya jarayonida katta ahamiyatga ega. 19-a. ning 60y. larida rus olimi A. S. Faminsin lishayniklarni Simbioz yashaydigan organizmlardan iborat ekanligini aniqlagan. 20-a. boshlarida K. S. Merejkovskiy bu xildagi evolyutsiya jarayonini simbiogenez deb atagan. Hoz. zamon biol. sida Simbiozga har xil turlarga mansub organizmlar oʻrtasidagi har qanday munosabatlar (parazitizm, kommensalizm, mutualizm) tarzida qaraladi.

Abdukarim Zikiryoyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x