SILIKAT GʻISHT

SILIKAT GʻISHTqurilish materiali. Koʻrinishi va oʻlchamlari oddiy pishiq gʻishtga oʻxshaydi. Oddiy sogʻtuprokdan emas, kvars qumi (90— 92%) va soʻndirilgan ohak (8—10%) qorishmasidan tayyorlanadi. Gʻisht xumdonda pishirilmaydi, yuqori (200 at gacha) bosimda presslanadi, soʻngra avtoklavda 175° trada qizigan bugʻda 8 at bosimda qotiriladi. Kulrang, hajm ogʻirligi 1700—1900 kg/m3. Oddiy gʻishtlar singari binolarning faqat yer sirtidagi yuk koʻtaruvchi devor va ustunlarini tiklashda ishlatiladi. Silikat gʻisht silliq va kurkam boʻlganidan ustidan pardoz berish (mas, suvash) talab etilmaydi. Faqat gʻisht qatorlari orsidagi (qorishma) choklarga ishlov beriladi. Suvga chidamliligi oddiy pishik, gʻishtnikidan past, tra 500° dan oshganda mustaxkamligi pasayadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x