SHOU Jorj Bernard

SHOU Jorj Bernard (1856.26.7, Dublin 1950.2.11, EyotSentLorens) — ingliz yozuvchisi, dramaturg. 1871-yilda diniy maktabni tugatgach, birmuncha vaqt ruhoniy boʻlib ishlagan. 1876-yilda Londonga koʻchib borib, jurnalistika va badiiy ijod bilan shugullangan. Dastlabki romanlari — «Misi chiqqan nikoh», «Artist sevgisi», «Keshel Bayronning kasbkori», «Havaskor sotsialist» 1881— 83 yillar chop etilgan.

Shouning «Tul xonadonlari» (1882), «Yurakxoʻr» (1883), «Uorren xonimning kasbkori», (1884) ilk pyesalari sahna yuzini koʻra olmagan. Shu bois muallif ularni «Yoqimsiz pyesalar» (1898) nomi bilan nashr etgan. Shundan soʻng Shouning «Yoqimli pyesalar» («Qurol va inson». «Kandid», 1894; «Taqdir arzandasi», «Yashasak — koʻrarmiz», 1895) hamda «Puritanlar uchun uchta pyesa» («Shaytonning shogirdi», 1896—97; «Sezar va Kleopatra», 1898; «Kapitan Brasbund ning murojaati» eʼlon qilingan. Ushbu pyesalarni yaratish jarayonida Shouning dramaturgik metodi uzilkesil shakllangan va u «gʻoyalar dramasi» sifatida shuhrat qozongan zamonaviy dramaturgiyaning asoschilaridan biri boʻlib qolgan. Jahon dramaturgiya tarixiga sermahsul dramaturglardan biri sifatida kirgan Shou 30 dan ziyod sahna asarlarini yaratgan.

Shouning P«igmalion» (1913), «Yuraklar vayron boʻlayotgan xonadon» (191319), «Olma ortgan arava» (1919), «Mafusail sari orqaga» (1918—20), «Avliyo Ioanna» (1923), «Yomon boʻlsa ham, haqiqat» (1931), «Millioner ayol» (1936), «Jeneva» (1938), «Yaxshi qirol Karlning oltin kunlarida» (1939) kabi asarlari rangbarang mavzularga, turli janr koʻrinishlariga ega boʻlib, unda tarix va jamiyatda roʻy bergan voqealar yangicha talqin etilgan, jamiyatda sodir boʻlayotgan oʻzgarishlarni turli nuqtayi nazardan koʻrsatishga qaratilgan. Shouning gumanizm gʻoyalari bilan sugʻorilgan dramaturgiyasi 20-asr adabiyotida muhim voqea boʻlgan, jahon dramaturgiyasi va teatrining keyingi taraqqiyetiga katta turtki bergan. Nobel mukofoti laureati (1925). Ayrim pyesalari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

As: Polnoye sobraniye pyes. t. 1—6, L., 1978-80.

Ad.: Pirsoi X., Bernard Shou. M., 1972; Balashov P., Xudojestvsnnыy mir Bernarda-Shou, M.. 1982.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x