Shoshlik muhaddislar. Abu Sa’id Iso ibn Solim Shoshiy


Post Views:
72

Iso ibn Solim Abu Sa’id Shoshiy (vaf. 232/847) — Shosh ahlidan[1], u Aris (kuyov) deb tanilgan[2], uning kunyasi Abu Sa’iddir[3]. U ishonchli muhaddis bo‘lib, el-yurt kezgan. Iso ibn Solim Shoshiy Abu Xudba Ibrohim ibn Xudba[4], Ubaydulloh ibn Amr, Baqiya ibn al-Valid va boshqalardan hadislar rivoyat qilgan. Abu Bakr Xatib Bag‘dodiyning xabar berishicha, «U Bag‘dodg‘a kelgan va bu yerda yirik muhaddis, faqih Abdulloh ibn Muborak, Ubaydulloh ibn Amr Raqqiy rivoyat qilgan hadislarni yozib olgan»[5]. Iso ibn Solim Shoshiydan mashhur olim Abdulloh ibn Ahmad ibn Hanbal, Abdullohibn Muhammad ibn Abdulaziz Bag‘aviy[6], Muhammad ibn Bishr ibn Mator, Idris ibn Abdulkarim Muqri’, Muso ibn Horun Hofiz, Ahmad ibn Hasan ibn Abduljabbor Sufiy[7], Abu Zur’a[8] va boshqalar hadis rivoyat qilishgan.

Ko‘rinib turibdiki, Iso ibn Solim Shoshiydan qator olimlar hadislar rivoyat qilishgan. U o‘rta asr arab mualliflari asarlarida hadis rivoyat qiluvchi ishonchli muhaddis sifatida e’tirof etilgan. Shuningdek, Iso ibn Solim Shoshiydan hadislar bilan bir qatorda hikmatli iboralar va xabarlar rivoyat qilingan. Xususan, «Tahzib al-kamol» («Kamolot rivoji») kitobida: «Iso ibn Solim Shoshiy Raqqiydan aytishicha, Maymun ibn Mihronning shunday deganini eshitdim: «Ey, Qur’on ashoblari! Qur’onni dunyoda foyda ko‘radigan vosita qilib olmanglar. Mol-dunyoni dunyodan izlanglar, oxiratdan esa oxiratni izlanglar!» — deb yozilgan[9].

Ne’matullo MUHAMEDOV

SHOSH VOHASI OLIMLARINING ILMIY-MA’NAVIY MEROSI

«Toshkent islom universiteti» nashriyot-matbaa birlashmasi,
Toshkent — 2007

[1] Muhammad ibn Xibbon ibn Ahmad Abu Hotam Tamimiy. as-Siqot. -Bayrut: Dor al-fikr, 1975. 8-jild. -B. 494

[2] Qarang: Muhammad ibn Ali ibn Hasan Abulmahosin Husayniy. Ikmol Husayniy. Karachi: Jomi’at ad-dirosat al-islomiya, 1989. 1-jild. -B. 330; Abu Bakr Ahmad ibn Ali Xatib Bag‘dodiy. Tarixi Bagdod av Madinat as-Salom. -Bayrut: Dor al-kutub al-ilmiya, 1997. 11-jild. -B. 161

[3] as-Siqot. 8-jild. -B. 494

[4] Ahmad ibn Ali ibn Hojar Asqaloniy. Lison al-mizon. -Bayrut: Muassasat a-risola, 1986. 1-jild.-B. 119

[5] Tarixi Bag‘dod. 11-jild. -B. 161

[6] Takmilatal-Ikmol. 3-jild. -B. 487

[7] Tarixi Bag‘dod. 11-jild. -B. 161

[8] Ikmol Husayniy. 1-jild. -B. 330

[9] Yusuf ibn Zakiy Abdurahmon Abulhajjoj Muziy. Tahzib al-kamol. -Bayrut: Muassasat ar-risola, 1980. 29-jild. -B. 219

https://shosh.uz/uz/shoshlik-muhaddislar-abu-said-iso-ibn-solim-shoshiy/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x