SHOPEN

SHOPEN (Sport) Friderik (1810.22.2, Jelyazova Volya, Varshava yaqinida — 1849.17.10, Parij) — polyak kompozitori, pianinochi, musiqiy romantizmning yirik vakili. 1830-31 y. lar Venada, 1831-yildan Parijda yashab, 1830-y. lar oʻrtalaridan asosan ijod bilan shugʻullangan.

Shopenning xalqchil, vatanparvarlik, romantik ijodi polyak musiqasini jahonga tanitdi. Noyob ijrochilik mahoratiga ega boʻlgan Shopen fortepiano musiqasining ifoda va texnik imkoniyatlarini kengaytirdi, milliy ommabop raqs (polonez, mazurka va boshqalar) shakllarini badiiylashtirdi. Eng nozik ruhiy jarayonlarni aks etgan, ayni paytda kuchli dramaturgik rivojiga ega boʻlgan asarlari barcha ovozlar kuychanligi, garmoniyaning oʻziga xosligi, oʻzgarishlarga boy va kompozitsion mukammal rivoji bilan ajralib turadi. Fortepiano uchun 2 konserti, 3 sonatasida Betxoven simfonizmi anʼanalarini davom ettirdi. Skerso, cholgʻu ballada, etyud, prelyudiya va noktyurnlarni mustaqil badiiy tugal asarlar darajasiga koʻtargan.

1927-yildan Varshavada Shopen nomidagi xalqaro pianinochilar tanlovi oʻtkazilmoqda, 1934-yildan Shopen instituti (1950-yildan Shopen jamiyati), 1932-yildan Jelyazova Volyada memorial uymuzeyi faoliyat koʻrsatmoqda. Oʻzbekistonda Shopenning barcha asarlari pedagogik va konsert repertuaridan oʻrin olgan, Navoiy teatrida «Shopeniana» baleti sahnalashtirilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x