SHOʻBA

SHOʻBA (arab. — qism, tarmoq) — 1) Oʻrta asr Oʻn ikki maqom tizimida parda tuzilmalarining muayyan tarmogʻi. Shoʻbalar asosiy maqomlarga aloqador boʻlgan quyi tabaqadagi parda tuzilmalaridir. Sharq musiqa nazariyasiga oid adabiyotlarga koʻra, jami 24 Shoʻba boʻlib, tovushqatori 2 dan 10 pogʻonagacha yetgan. Ular, asosan, Dugoh, Segoh, Chorgoh, Panjgoh, Ashiran, Navroʻzi Arab, Mohur, Navroʻzi Xoro, Navroʻzi Bayotiy, Hisor, Nuhuft, Uzzol, Avj, Nayriz, Mubarqaʼ, Rakb, Sabo (Navroʻzi Sabo), Humoyun, Zovuliy, Isfahonak yoki Roʻyi Iroq, Bastai Nigor, Nihovand, Javziy, Muxayyar deb nomlanadi. Baʼzi manbalarda Nishoburak, Magʻlub, Ajam (Navroʻzi Ajam) kabi Shoʻba nomlari ham keltirilgan;

2) Shashmaqomda jamlangan mukammal ashula yoʻllari. Shoʻba namunalari oʻzaro farqli 2 guruhga taqsimlangan boʻlib, birinchisini saraxbor, talkin, nasr va yakunlovchi ufar, ikkinchisini esa, asosan, savt va moʻgʻulcha (tarkibiy shoxobchalari bilan) kabilar tashkil etadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x