SHISHA-BETON KONSTRUKSIYALAR

SHISHA-BETON KONSTRUKSIYALAR — ichiga shisha bloklar (shisha tolalarga sintetik smola qoʻshib tayyorlanadigan, muayyan shakl va qalinlikdagi plitalar) oʻrnatilgan beton hoshiyali panellar. Turar joylar, jamoat va sanoat binolarining shaffof (yorugʻlik oʻtkazadigan) toʻsiqlari (pardevor, zina va lift shaxtalari, vannaxona devorlari va boshqalar) qurish uchun ishlatiladi. Shisha bloklarning tutashish choklariga quyiladigan beton kamar ichiga metall armatura qoʻyib ketiladi. Shisha-beton konstruksiyalar temirbeton zdlarida yoki qurilishning oʻzida tayyorlanishi mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x