Shavkat Raxmon 

Tarjimai hol

1966 yilda o‘rta maktabni tugatgach, qurilishlarda, viloyat bosmaxonasi va gazetasida ishlaydi.

1973 yilda Moskvadagi M. Gorkiy nomidagi Adabiyot institutini bitirgach, Toshkentga ko‘chib kelib, G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida muharrir va bo‘lim boshlig‘i, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida mas’ul xodim bo‘lib ishlaydi. U shoir sifatida o‘zining takrorlanmas ovozi bilan tengdoshlaridan ajralib turardi.

U uzoq davom etgan og‘ir xastalikdan keyin 1996 yil kuzida olamdan o‘tdi. Shoirning dastlabki she’rlari O‘sh viloyat gazetalarida bosiladi.

Birinchi she’riy to‘plami «Rangli lahzalar» (1978). Shoirning «Yurak qirralari» (1981), «Ochiq kunlar» (1983), «Gullayotgan tosh» (1984), «Uyg‘oq tog‘lar» (1986), «Hulvo» (1988) kabi bir qator she’riy to‘plamlari bosilib chiqadi.

Shoirning o‘z qo‘li bilan tayyorlagan, ammo vafotidan keyin nashr etilgan «Saylanma» to‘plami (1997)ni ko‘zdan kechirsangiz, butun ijodi davomida yaratilgan sara asarlari qatorida xastalik damlarida bitilgan she’rlarga ham duch kelasiz.

Shavkat Rahmon tarjimon sifatida taniqli ispan shoiri Lorkaning go‘zal she’rlarini rus va ispan tillaridan tarjima qilib, ikki marta nashr ettiradi (1979-1989) va o‘zbek o‘quvchisining ma’naviy dunyosini boyitishga hissasini qo‘shgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x